Futzal. JCH-2021. Braziliya Vetnamni ayab o'tirmadi, Chexiyada ham yirik g'alaba + jadval

Tolibjon Qosimov
14 sen 2021
Litvada futzal bo'yicha to'qqizinchi Jahon chempionati bahslari davom etmoqda.

Futzal. JCH-2021. Tailand Portugaliyaga yutqazdi, Marokashdan yirik g'alaba + jadval

"D" guruhida qitadoshimiz Vetnam terma jamoasi dastlabki turda Braziliyaga qarshi kurash olib bordi. Ferrao yetakchiligidagi pentakampeonlar osiyoliklarni ayab o'tirishmadi - 9:1. Guruhning ikkinchi uchrashuvida Chexiya Panamani 5:1 hisobida taslim etdi.

Futzal bo'yicha Jahon chempionati-2021

"D" guruhi

1-tur, 13.09.2021

Panama - Chexiya 1:5

"Klaypeda Arena", Klaypeda

Gollar: Gudrij 39 - Zaruba 2, Seydler 5, 9, 10, Resetar 30

Ogohlantirishlar: Gudrij 35 - Jost 38


Vetnam - Braziliya 1:9

"Klaypeda Arena", Klaypeda

Gollar: K.Din Hung 14 - Rodrigo 3, Ferrao 5, 7, 21, 24, Diegino 14, 28, Pito 19, Leonardo 36

Ogohlantirish: Tran Van Vu 3


"D" guruhida 2-tur taqvimi

16.09.2021

20:00. Panama - Vetnam

22:00. Braziliya - Chexiya


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia