Futzal. Eronlik Toyibi "Qayrat" a'zosiga aylandi

Tolibjon Qosimov
31 okt 2016
Futzal bo'yicha Eron terma jamoasi hujumchisi Hussayn Toyibi Qozog'istonning "Qayrat" jamoasi a'zosiga aylandi.

Bu haqda klub rasmiy sayti ma'lumot berdi. Fors futzalchisi bilan shartnoma 1+1 ko'rinishida tuzildi. Toyibi tibbiy ko'rikdan muvaffaqiyatli o'tdi va mashg'ulotlarga kirishdi.

"Qayrat" bilan shartnoma tuzganimdan juda ham mamnunman, bu - dunyoning eng yaxshi klubi. Jamoa faqat eng yuqori darajadagi sovrinlar uchun kurashadi, shu jumladan, UEFA Kubogi uchun ham. Jamoaning bir qismi bo'lishdan xursandman", - deya Toyibining so'zlarini keltirmoqda klub rasmiy sayti.

Hussayn Toyibi shu yilning 10-21 fevral kunlari Toshkentda o'tgan Osiyo chempionatida 11ta, Kolumbiyadagi Jahon chempionatida esa uchta to'p kiritgan edi.



Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia