

10-21 fevral kunlari Toshkentda bo'lib o'tadigan Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko'rayotgan O'zbekiston terma jamoasi o'tgan hafta Tojikiston bilan ikkita o'rtoqlik uchrashuvini (1:1 va 11:2) o'tkazgandi.
Bruno Garsiya boshchiligidagi Vetnam terma jamoasi 28 yanvar kuni Toshkentga yetib kelgandi. Bugun ikkala terma jamoa o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi. Bahs "Yoshlik" sport zalida bo'lib o'tadi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston Osiyo chempionatidan oldingi so'nggi o'rtoqlik uchrashuvini 6 fevral kuni Iordaniyaga qarshi o'tkazadi.



