

Avaz Maxsumov boshchiligidagi futzalchi qizlarimiz Eron va Turkmaniston terma jamoalari bilan bir guruhdan joy olishgan.
Bugun vakillarimiz Toshkent vaqti bilan soat 16:00da Turkmaniston terma jamoasga qarshi bahs olib borishadi. Kecha terma jamoamiz a'zolari Turkmanistonga qarshi o'yin oldidan rasmiy mashg'ulot o'tkazishdi.
Turkmaniston terma jamoasi guruhdagi dastlabki o'yinni Eronga qarshi o'tkazib, yirik 0:14 hisobida mag'lubiyatga uchragan.
Bugungi uchrashuvda qizlarimizga omad tilab qolamiz!
Futzal bo'yicha ayollar o'rtasidagi Osiyo chempionati.
16:00 O'zbekiston - Turkmaniston




