Futzal bo'yicha Osiyo Kubogi saralash bosqichi. Bugun asosiy raqibimizga qarshi bahs olib boramiz

Khoja
17 yanv 2025
Xabaringiz bor, ayni kunlarda Toshkent shahrida ayollar o'rtasida futzal bo'yicha Osiyo Kubogi saralash bosqichi bo'lib o'tmoqda.

Bugun terma jamoamiz guruhdagi asosiy raqibimiz - Avstraliyaga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv 18:00da Yunusobod sport majmuasida bo'lib o'tadi.

Bunday muhim uchrashuvda futzalchi qizlarimizni qo'llab-quvvatlashingiz muhim ahamiyat kasb etadi. Terma jamoamiz muvaffaqiyatiga o'z hissangizni qo'shing. Majmuaga kirish mutlaqo bepul. 


KhojaMuallif
Manba: @Futsal_Uzbekistan