Futzal bo'yicha Oliy liga bahslariga qachon qur'a tashlanishi e'lon qilindi

Sherzod Nurmatov
15 avg 2025, 17:44
Mamlakat milliy chempionati – Oliy liga bahslariga qur'a tashlash marosimi muddatiga aniqlik kiritildi.

O'zbekiston futzal federatsiyasi musobaqalarni tashkil etish va o'tkazish departamenti Oliy ligaga qur'a tashlash marosimini 2025 yilning 25 avgust sanasiga rejalashtirdi. 

Qur'a tashlash marosimi poytaxtimizdagi "Wyndham Tashkent" Tashkent” mehmonxonasida o'tkaziladi. Tadbir soat 15:30 da boshlanadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Ўзбекистон футзал федерацияси матбуот хизмати