Futzal bo'yicha Oliy liga 4-tur uchrashuvlariga qaysi shahar mezbonlik qilishi ma'lum

Sherzod Nurmatov
17 okt 2025
Mamlakat milliy chempionati – Oliy liga jamoalarining 4-tur uchrashuvlari 22 – 25 oktyabr sanalarida Qarshi shahrida bo'lib o'tadi.

Turga "Geolog" sport majmuasi mezbonlik qiladi.

Mazkur tur Oliy ligada birinchi davrani yakunlab beradi. Shu bois ham barcha ishtirokchilar davraning so'nggi ikki uchrashuvidan maksimal ochko jamg'arish harakatini qilishi aniq. Bu esa muxlislarga qiziqarli va murosasiz o'yinlarni taqdim etadi. 4-turning har bir o'yin kunida markaziy uchrashuvlar bor. Ayniqsa, chempionat yetakchilari BMB, OKMK, SQB, "Nasaf", "Lokomotiv", "Oil Star", "Bunyodkor" jamoalarining o'zaro hisob-kitobi turni "yondiradi".  


22 oktyabr 

"Oil Star" – "Maksam-Chirchiq" 15:00

"Lokomotiv" – BMB 17:00

"Dinamo" – SQB 19:00


23 oktyabr 

"Surxon" – "Neftchi" 15:00

OKMK – "Lokomotiv"

SQB – "Nasaf"


24 oktyabr 

 "Bunyodkor" – "Oil Star" 

OKMK – BMB 

"Qizilqum" – "Surxon"


25 oktyabr

"Maksam-Chirchiq" – "Bunyodkor"

"Neftchi" – "Qizilqum" 

"Nasaf" – "Dinamo"


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Ўзбекистон футзал федерацияси матбуот хизмати