Futzal bo'yicha amaldagi Jahon chempioni - Argentina terma jamoasi Toshkentga yetib keldi

Aslanov Jasurbek
31 yanv 2021
2-3 fevral kunlari futzal bo'yicha Argentina terma jamoasi Toshkentda O'zbekiston terma jamoasiga qarshi ikkita o'rtoqlik o'yini o'tkazishi haqida xabar bergan edik.

Argentinalik futzalchilari joylashgan uchoq tungi soat 02:00da Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga kelib qo'ndi. Janubiy amerikalik sportchilar dastlab koronavirus infekciyasi uchun test topshirishdi. Shundan keyin ular Tashkent Sity'dagi "Hilton" mehmonxonasiga joylashishdi. 

Bugun 16:00 da O'zbekiston terma jamoasi, 18:00 da esa Argentina terma jamoasi "O'zbekiston" sport majmuasida mashg'ulot o'tkazadi. Mashg'ulot jarayonining dastlabki 15 daqiqasi OAV vakillari uchun ochiq tarzda o'tadi.


Futzal. Argentinaning Toshkentga keladigan tarkibi ma'lum


Fotogalereyani to'liq holda saytimizning maxsus bo'limi orqali tomosha qilish mumkin. FOTOGALEREYA

foto: Jahongir Fayzullaev




Fotogalereyani to'liq holda saytimizning maxsus bo'limi orqali tomosha qilish mumkin. FOTOGALEREYA

foto: Jahongir Fayzullaev  






Reklama




Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia