Futzal. BMB O'zbekiston MTJning 7 nafar o'yinchisini o'z safiga qo'shib oldi

Tolibjon Qosimov
8 iyul 2022, 16:11
Ortda qolgan mavsumda futzal bo'yicha Birinchi ligada Jizzaxning BMB jamoasi chempion bo'lgan va Oliy ligaga yo'llanmani qo'lga kiritgan edi.

Nodir Eliboev bosh murabbiyligidagi jamoa yangi mavsumda o'z oldiga Oliy liga chempionligini vazifa qilib qo'ymoqchi. Shu kunlarda BMB jamoasi qator transferlarga qo'l urdi.

"Lokomotiv", AGMK, "Jizzax Kenteks" va "Kaspiy" (Qozog'iston) jamoalaridan O'zbekiston milliy terma jamoasining 7 nafar a'zosi jalb qilindi. Bundan tashqari, terma jamoaga nomzod hisoblangan Dilmurod Shavkatov ham keldi. Yangi olib kelinganlar ro'yxatida amaldagi to'purar Akbar Usmonov, Oliy liganing o'tgan yilgi eng yaxshi futzalchisi Husniddin Nishonov, terma jamoa yetakchilaridan biri Davron Chorievlar bor.

BMB jamoasiga kelib qo'shilganlar:

1. Dilmurod Shavkatov ("Lokomotiv"dan)

2. Akbar Usmonov ("Lokomotiv"dan)

3. Mashrab Odilov ("Lokomotiv"dan)

4. Muzaffar Ahadjonov (AGMKdan)

5. Ravshan Eliboev ("Kaspiy", Qozog'istondan)

6. Husniddin Nishonov ("Jizzax Kenteks"dan)

7. Davron Choriev ("Jizzax Kenteks"dan)

8. Abbos Elmurodov ("Jizzax Kenteks"dan).

9. Jahongir Narzullaev ("Dizak"dan)


Bundan tashqari, BMB 3 nafar o'yinchi bilan shartnomani uzaytirdi. Bular: Fernando de Souza, Shahzod Sadiev (jamoaning o'tgan mavsumdagi eng yaxshi o'yinchisi) hamda Shavkat Ibragimov.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia