Futzal. Argentina Braziliyani mag'lubiyatga uchratib, JCH finaliga yo'l oldi

Aziz Tukhtamuradov
30 sen 2021
Litvada futzal bo'yicha jahon chempionati o'z yakuniga yetib bormoqda.

Kecha musobaqaning yarim finali doirasida Argentina terma jamoasi Braziliyani 2:1 hisobida mag'lubiyatga uchratdi va finalga yo'l oldi. 

Futzal. Jahon chempionati

1/2 final

Kaunas, Litva

Braziliya – Argentina – 1:2 

Gollar: 0:1 - Vaporaki, 0:2 - Borruto, 1:2 - Ferrao.

Braziliya : Gitta, Diego Zuffo, Ferrao, Gadeyya, Rodrigo, Villian, Leonardo, Lino, Pito, Roxa, Artur, Marlon, Li, Diegoino.

Argentina: Sarmiento, Taborda, Basile, Brandi, Klaudino, Staccone, Ressiya, Bolo-Alemani, Borruto, Santos, Kuccolino, Vaporaki, Edelshtayn, Farach.


Bugun ikkinchi yarim final doirasida Portugaliya hamda Qozog'iston terma jamoalari o'zaro o'yin o'tkazishadi. O'yin Toshkent vaqti bilan 22:00da boshlanadi. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia