Futzal: Ardus klublar o'rtasidagi OCH bahslarini durang bilan boshladi

Narzulla Saydullayev
27 avg 2013
Toshkentning Ardsus futzal klubi, futzal bo'yicha klublar o'rtasidagi Osiyo chempionati bahslarining 1-turida Chonburi Blu Veyv klubiga qarshi maydonga tushdi va 2:2 hisobidagi durangni qayd etdi.
27 avgust kuni Yaponiyaning Nagoya shahrida futzal bo'yicha klublar o'rtasidagi Osiyo chempionati bahslariga start berildi. Mazkur turnirda O'zbekiston sharafini 2012 yilgi mavsum O'zbekiston chempioni - Toshkentning Ardus klubi himoya qilmoqda. Poytaxtliklar 27 avgust kuni Osiyo chempionatidagi ilk o'yinini o'tkazdi. Bahodir Ahmedov bosh murabbiyligidagi Ardus, 1-turda Tailand chempioni - Chonburi Blu Veyv klubiga qarshi to'p surdi.

O'yinning birinchi bo'limi, Tailand chempioni g'alabasi bilan yakun topdi - 0:1. Qayd etish lozim, birinchi bo'lim yakunida, Dilshod Irsaliev qizil kartochka olib maydonni tark etdi Ardus bo'lim so'nggii bir o'yinchi kam bo'lib o'tkazishga majbur bo'ldi. O'yinning ikkinchi bo'limi ancha qiziqarli va shiddatli kurashlarga boy bo'ldi. Dilshod Raxmatov hisobni tenglashtirdi, ammo oradan 2 daqiqa o'tmay, Chonburi yana oldinga chiqib olishga erishdi. O'yin yakunida, Dilshod Raxmatov Tailand chempioni darvozasini yana bir marotaba ishg'ol etdi. Yakuniy hisob - 2:2.

Bahodir Ahmedov bosh murabbiyligidagi Ardus turnirdagi ikkinchi o'yinini 28 avgust kuni Qatar chempioni - Al Saad klubiga qarshi o'tkazsa, guruhdagi so'nggi o'yin 29 avgust kuni klublar o'rtasida amaldagi Osiyo chempioni - Eronning Sanoi Giti Pasand klubiga qarshi o'tkaziladi.

Futzal. Klublar o'rtasidagi Osiyo chempionati
27 avgust, seshanba

1-tur
ARDUS (Toshkent) – CHONBURI BLUVEYV (Tailand) - 2:2
Gollar:
Dilshod Raxmatov (2) – Apivat, Jivarat
Chetlatish: Irsaliev
Ardus: R. Umarov, X. Tojiboev, A. Shlema, D. Irsaliev, A. Yunusov
Zahiradan maydonga tushganlar: Sviridov, Raxmatov, Anorov, Abdumavlonov, Sharipov, Bo'riev, Begulov, Saidaxmadov, Kravchenko

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com