Futzal. Abdushukur Yasinov: "Bu mavsumni biroz yomon boshladik"

Narzulla Saydullayev
20 yanv 2017
Futzal bo'yicha XXI milliy chempionatimizning 1 bosqich 3-tur bellashuvlari davom etmoqda.

"Bunyodkor" klubi a'zosi Abdushukur Yasinov "Kogon"ga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.

"O'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'rdik, sababi mag'lubiyatli seriyamizga yakun yasashimiz kerak edi. O'yinni o'zimiz rejalashtirgandek o'tkazdik, oxirgi daqiqalarda salgina bo'shashganimiz natijasida gol o'tkazib yubordik.

Bu mavsumni biroz yomon boshladik, bunga tarkibimizda yangi o'yinchilarni borligi ham sabab bo'ldi menimcha. Hozir esa bir-birimizni ancha yaxshi tushunayapmiz va o'z o'yinimizni topib oldik deb o'ylayman. Bugungi bahs biz uchun juda ham muhim edi, shuning uchun hammamiz tirishib harakat qildik. Bu g'alaba jamoaviy o'yinimiz samarasi bo'ldi", - deydi Yasinov.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia

O'xshash yangiliklar