Futbolchilar talqini bo'yicha Bundesligada mavsum futbolchisi aniqlandi

Eldor Akmurzayev
3 iyun 2021
Ushbu nomga “Bavariya” hujumchisi Robert Levandovski loyiq ko'rildi.

Futbolchilar uyushmasiga a'zo bo'lganlar o'rtasida o'tkazilgan so'rovnomada polshalik 75,8 foiz ovoz to'plab, “Borussiya D” forvardi Erling Xoland (7,1 %) va jamoadoshi Tomas Myuller (3,5)ni ortda qoldirdi.

32 yoshli futbolchi beshinchi bor ushbu sovrin sohibiga aylandi. U 2013, 2017, 2018 va 2020 yillarda ham g'olib chiqqan.

Eslatib o'tamiz, Leva 2020/21 yilgi mavsum Germaniya chempionatida 41 ta gol urib, afsonaviy Gerd Myullerning rekordini yangiladi.

Avvlroq, Xoland muxlislar talkiniga ko'ra mavsum futbolchisi deb topilgandi. 


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/FCBayern