Futbolchi imtixon tufayli Rossiya terma jamoasi mashg'ulotini o'tkazib yuboradi

Aslanov Jasurbek
13 iyun 2017
Rossiya terma jamoasi Konfederatsiyalar Kubogiga tayyorgarlik ko'rmoqda.

Bugun futbolchilar Eduard Strelcov nomidagi stadionda mashg'ulot o'tkazishadi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Aleksey Miranchuk va Aleksandr Golovindan tashqari barcha umumiy guruhda shug'ullanmoqda. SSKA futbolchisi individual programma bo'yicha ishlayapti, Miranchuk esa imtixon tufayli mashg'ulotni o'tkazib yuboradi. Matbuot-xizmatidagilar gap qanday imtixon haqida ketayotganiga aniqlik kiritishmagan.

Stanislav Cherchesov shogirdlari 17 iyun kuni Konfederatsiyalar Kubogining ilk uchrashuvida Yangi Zelandiyaga qarshi maydonga tushishadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com