Futbol TV shou-biznes kanaliga aylanadi

Sherzod Nurmatov
30 noya 2022
Futbol TV telekanali rebrending qilindi va endi u FTV deb nomlanadi.

"1 dekabrdan boshlab ushbu telekanalda o'zbek, rus, turk va jahon estradasi yulduzlari ishtirokidagi top-kliplar, sport, kino, ko'ngil-ochar ko'rsatuvlar, qaynoq xit-parad va premeralar namoyish etiladi", – deyiladi Futbol TV telegram kanalida.

Eslatib o'tamiz, Futbol TV ushbu mavsumda birorta futbol musobaqasi translyatsiya huquqini sotib ololmadi. Shu paytga qadar telekanalda o'tgan mavsum uchrashuvlari hamda OCHL, OFK Kubogi va Pro liga bahslari namoyish qilib kelinayotgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia