Pavel Bugalo: "Paxtakor" stadioni bugun ko'p narsalarni yodimga soldirdi"

Mirjalol Normatov
18 may 2022, 23:35
O'zbek futboli va Italiya chempionati futbol afsonalari o'rtasidagi uchrashuvdan intervyular davom etadi.

O'zbekiston terma jamoasining darvozasini qo'riqlagan tajribali sobiq darvozabon saytimizga o'zining taasurotlari bilan bo'lishdi. 

"Faxriylar bo'lsa ham kuchli va nomdor futbolchilari bor jamoaga qarshi o'ynadik. Ular Jahon chempionlari. Terma jamoamiz tarkibida o'z vaqtida birga o'ynagan futbolchilar bilan uchrashdik. Mana shu shou uchrashuv birlashtirdi barchamizni. Bu hayotimdagi yoddan chiqmaydigan lahzalar. Yakvinta menga gol urdi. Ular haqiqiy professionallar. Mahorat hech qachon aldamaydi. "Paxtakor" stadioni men uchun qadrdon. Bolaligim, futbolchilik yillarim shu yerda o'tgan. Bu joyni unutib bo'larkanmi? Yo'q albatta. Mazkur o'yingoh menga ko'p narsalarni yodga soldiradi. Bugun ham shunday bo'ldi", - deydi Bugalo.






O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia