Frenk Lempard: “Ikkala tomon ham mag'lubiyatga uchrashni istamadi”

27 avg 2013, 11:15
“Chelsi” klubi yarim himoyachisi Frenk Lempard, Angliya chempionati 2-turi doirasida “Manchester Yunayted”ga qarshi o'yindagi durangdan so'ng o'z fikri bilan o'rtoqlashdi.

“O'yin keskin vaziyatlarga boy bo'ldi. Kimlardir u yoki bu jamoa kuchli o'ynadi deyishi mumkin, lekin mavsum endigina boshlandi va shu sabab hech bir jamoa mag'lubiyatga uchrashni istamadi.

Biz ularning hujumini bartaraf etish uchun bor kuchimiz bilan o'ynadik.

Penaltiga keladigan bo'lsak, men bu yerda hech narsa qila olmadim. Raqib sizdan yarim mert masofadan turib zarba bergan vaziyatda, siz nima ham qila olardingiz?” – dedi Lempard.


Manba: sports.ru