Frank Riberi: "Vahima qiladigan narsa bo'lmadi"

"Bavariya" va Fransiya terma jamoasi futbolchisi Frank Riberi "Oltin to'p" uchun baxsda mag'dub bo'lganidan hafa emasligini ta'kidladi.

"Albatta, yutsam yaxshi bo'lardi. Biroq vahima qiladigan hech narsa sodir bo'lgani yo'q. "Bavariya" futbolchilari ushbu marosimda qatnashganidan faxrlanishadi. Hammasi tugaganidan xursandman. Men klubim bilan hamma sovrinlarni yutishdan ortiqroq nimadir qila olishim mumkinmidi? G'olib bo'lmaganingdan keyin, ikkinchi o'rinmi, uchinchimi, farqi yo'q. Men egoist emasman va bunaqa sovrinlar hayotdagi eng asosiy maqsadim hisoblanmaydi. Hozir esa asosiy maqsad - "Bavariya" bilan barcha sovrinlarni yutishdir", deya uning so'zlaridan "Bild" iqtibos keltirmoqda.


Manba: football.kulichki.net