

“Yaqin bir necha yil ichida Bundesliganing saviyasi sezilarli darajada oshdi. Bundesliga shak-shubhasiz jahonning eng yaxshi chempionati.
Buni Yevropa Liga doirasida frankfurtning "Ayntraxt" jamoasi, “Bordo” ustidan qozongan g'alabasidan ham bilsa bo'ladi. Ular axir mamlakat chempionatida 16 o'rinda borishmoqda.
Bu esa nemis klublarining boshqa mamlakat klublariga nisbatan qanchalik kuchli ekanidan dalolat beradi. Ayni paytda Bundesliga yevropa musobaqalarida yetakchilik qilib kelmoqda”, - deya ta'kidladi Riberi.



