Frank Riberi: "Agar pul uchun yashaganimda, "Salernitana"ga kelmagan bo'lardim"

Aslanov Jasurbek
7 sen 2021, 18:22
"Salernitana" futbolchisi Frank Riberi Italiya klubiga o'tishi haqida gapirdi.

"Yangi jamoam va yangi murabbiyim bilan birga bo'lganimdan juda xursandman. Hammamizning bitta maqsadimiz bor - oyoqqa turish. Men hammangiz uchun, klub va jamoa uchun qo'limdan kelganicha harakat qilaman. Muzokaralar uzoq davom etmadi, men sport direktori Fabiani bilan videokonferenciya orqali gaplashdim. Muxlislarning mehr-muhabbatini bu erga kelishimdan oldin ham his qilganman. Ushbu klubga o'zimni xursand qilish uchun kelmadim. Hali ko'p isbotlashim kerak bo'lgan jihatlar bor. A Seriya - qiyin chempionat, buning uchun qattiq ishlashim kerak. Men futbol bilan yashayman, agar pul uchun yashaganimda, bu yerda bo'lmasdim",- deydi Riberi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia