Frank Kessie: Biz “Yuventus”ni 2:0 hisobida yutamiz, men esa gol uraman

30 mar 2018, 08:50
“Milan” yarim himoyachisi “Yuve” bilan bo'ladigan o'yin haqida gapirdi.

“Qiyin o'yin bo'ladi, ammo bizning maqsad - g'alaba qozonish. Turnir jadvalida yuqorilash uchun uch ochko olishimiz shart. “Yuventus” tarkibidan kimni olib tashlagan bo'lardim? Buffoni. U fantastik darvozabon. Uni darozada turganini ko'rar ekanman, menda ham 40 yoshgacha o'ynash istagi tug'iladi. O'yindagi hisob? O'ylashimcha, 2:0 hisobida g'alaba qozonamiz, men esa gol uraman”, - deydi Kessie.


Manba: Sky Sports