

Bu haqda klub rasmiy sayti e'lon qildi.
Bu iste'foga sabab jamoaning qoniqarsiz natijalari bo'ldi. "Inter" ayni damda A Seriya turnir jadvalida 12-o'rinni egallab turibdi.
De Bur "Inter" bilan 14 ta o'yin o'tkazib, ularning 5 tasida g'alaba qozondi, 7ta uchrashuvda mag'lubiyatga uchradi va 2 ta durang qayd etdi.
"Inter" o'rinbosarlari murabbiyi Stefano Vechchi "Sautgempton"ga qarshi Yevropa ligasi bahsida jamoani maydonga olib tushadi.



