Francuz lug'atidan ispancha so'z joy oladi, bunga “Barselona” – PSJ o'yini sabab bo'lgan

Eldor Akmurzayev
19 may 2020
Ispan tiliga mansub “remontada” so'zi 2021 yil “Laruss” nashriyoti chop etadigan francuz tilidagi eng katta lug'atga kiritiladi, deya xabar bermoqda Le Point.

Sport tilida “remontada” so'zi “kambek" (o'yinga qaytish, burilish yasash) degan manoni anglatadi. Bu so'z 2016/17 yilgi Chempionlar Ligasi 1/8 final “Barselona” – PSJ o'rtasidagi javob bahsidan (6:1) so'ng Fransiyada mashhur bo'ldi.

Eslatib o'tamiz, jamoalar o'rtasidagi ilk o'yinda parijlilar 4:0 hisobida zafar quchishgandi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Le Point