Fransiyada golni banan eb nishonlagan futbolchiga sariq kartochka ko'rsatildi

Aziz Tukhtamuradov
4 may 2014
Fransiya uchinchi divizionida ishtirok etuvchi "Gazelek Ayachcho" jamoasining futbolchisi Famara Dedu kiritgan golini banan eb nishonlagani uchun sariq kartochka "ishlab oldi".

O'yin yakunida g'alaba to'pini kiritgan Dedu o'z jamoasining zahira o'rindig'iga qarab yugurdi va u erdan banan olib eya boshladi.

Shundan so'ng o'yin hakami futbolchiga sariq kartochka ko'rsatdi.

Dani Alves bilan bo'lib o'tgan banan voqeasidan so'ng ko'pgina futbolchilar uni turli yo'llar bilan qo'llab-quvvatlab turishibdi.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru