Fransiya terma jamoasi sobiq futbolchisi Jinola komadan chiqdi
Aslanov Jasurbek
20 may 2016, 17:55
Niccadagi golf musobaqasi paytida xushini yo'qotgan Fransiya terma jamoasi va PSJ sobiq yarim himoyachisi David Jinola komadan chiqdi, deb xabar bermoqda shifokor Jil Dreyfus.
"Jinola xushsiz edi va hech narsani eslolmayapti, ammo uning ahvoli yaxshi. U bilan gaplasha oldim. Unda nevrologik asoratlar yo'q" - deydi Dreyfus.