Fransiya terma jamoasi a'zosi: "Umid qilamanki, "Oltin to'p"ni Benzemaga topshirishadi. U o'zgacha futbolchi"

Omonjon To`xtamirzayev
12 noya 2021
Fransiya termasi va "Marsel" klubi yarim himoyachisi Matteo Genduzi "Real" forvardi Karim Benzemaning "Oltin to'p"ni qo'lga kiritish imkoniyatlari haqida gapirdi.

"Benzema "Oltin to'p"ga loyiqmi? U o'zgacha futbolchi. Barchamiz u uzoq yillar davomida nimalar qilayotganini ko'ryapmiz. Uning "Real"dagi faoliyatiga havas qilsa arziydi. Fransiya termasida ham u yana muhim figuraga aylanib ulgurdi, u o'zi harakat qiladigan istalgan jamoa uchun foydali o'yinchi. Unga omad yor bo'lishini tilayman. Umid qilamanki, bu yil sovrin unga nasib qiladi", – dedi Genduzi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: sports.ru