

Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning turmush o'rtog'i Brijit xayriya tadbirlaridan birida Dide Deshamdan nima uchun "Reyms" hujumchisi Junya Itoni Fransiya terma jamoasiga chaqirmayapsiz deb so'radi. Desham kulib qisqa javob berdi: "Chunki u yaponiyalik".
Ma'lumot uchun, 30 yoshli Ito bu mavsum "Reyms" safida 17ta o'yinda maydonga tushib 2ta gol urdi va 4ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchi ayni paytda Yaponiya milliy terma jamoasi safida Qatardagi Osiyo kubogida ishtirok etmoqda. Umumiy hisobda Ito terma jamoasi safida 53ta o'yinda maydonga tushib, 13ta gol urgan va 17ta golli uzatma bergan.




