

Bu bahsda Lill shahri jamoasi Martinika klubini 12:0 hisobida taslim etib, o'z tarixidagi eng yirik g'alabani rasmiylashtirdi.
Martinika jamoasi ushbu bahsda qatnashish uchun Janubiy Amerikadan 6940 km. yo'l bosib keldi. Fransiyaga tegishli bo'lgan orol jamoalariga Fransiya Kubogida ishtirok etishga ruxsat etilgan.

Lill – Golden Layon 12:0 (7:0, 5:0)
"Per-Morua"
Gollar: 1:0 – 11 Yaziji, 2:0 – 25 Devid, 3:0 – 33 Jegrova, 4:0 – 36 Devid, 5:0 – 41 Jegrova, 6:0 – 42 Jegrova, 7:0 – 45 Yaziji, 8:0 – 57 Santush, 9:0 – 64, penalti Xaraldsson, 10:0 – 75 Devid, 11:0 – 78 Xaraldsson, 12:0 – 89 Messussa.
Lill – Shevale, Santush (Zedadka, 68), Yoro, Alessandro, Ismaili, Andre (Buaddi, 68), Yaziji (Maluda, 82), Gomes (Miramon, 68), Jegrova, Xaraldsson (Messussa, 81), Devid.
Golden Layon – Meslen, Katerin (Fusher, 77), Singama, Bellans, Salines (Burjinon, 77), Grelet (Lamartiner, 50), Sharloton (Barteleri, 76), Noel (Fateon, 65), Grasin, Parsmen, Lamasin.



