Fransiya chempionatining noyabr oyidagi eng yaxshi o'yinchisi ma'lum bo'ldi

Alisher
20 dek 2019
"Lion" yarim himoyachisi Jeff Ren-Adelaid Fransiya chempionatining noyabr oyidagi eng yaxshi futbolchi deb tan olindi.

So'rovnomada qatnashganlarning 39 foizi yarim himoyachi uchun ovoz bergan. Ikkinchi o'rinni "Strasburg" hujumchisi Lyudovik Ayork egalladi (33%), "Sent-Eten" yarim himoyachisi Denis Buanga uchlikni (28%) yakunladi.

Ren-Adelaid noyabr oyida ichki chempionatda to'rtta o'yin o'tkazdi va ularda ikkita gol urib, ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.

Eslatib o'tamiz, Ren-Adelaid 18-tur doirasidagi "Renn"ga qarshi uchrashuvda (0:1) jiddiy jarohat olgan va uzoq muddatga safdan chiqqan edi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/UNFP