Fransiya chempionatida koronavirus bilan kasallangan birinchi futbolchi tez orada butkul sog'ayishi ma'lum qilindi

Sherzod Nurmatov
2 may 2020
"Monpele" yarim himoyachisi Junior Sambiya intensiv terapiya bo'limidan chiqarildi. U o'z vaqtida komaga ham tushib qolgandi.

23 yoshli francuz tez orada kasalxonadan chiqadi.

“Sambiya o'zini yaxshi his etmoqda va yaqinda shifoxonadan chiqadi. U bir oz dam olishi lozim, ammo asosiysi, o'zini yaxshi his qilmoqda", - deydi "Monpele" prezidenti Loran Nikollen.

Sambiya Liga 1 da koronavirus yuqtirib olgan birinchi futbolchi edi. Bir muddat vaziyat yomonlashgani tufayli suniy koma holatiga ham tushib qolgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: GFFN