Franchesko Totti: “Hozirgi narx-navo bo'yicha bahoim 200 mln evro bo'lardi”

Aslanov Jasurbek
14 fev 2018
“Roma” afsonasi Franchesko Totti o'z vaqtida Rim klubiga hurmati sabab “Real”ga rad javobini bergani va faoliyatiga doir boshqa qiziqarli ma'lumotlar bilan o'rtoqlashdi.

“Aytishga arzigulik taklifni 2003-2004 yilgi mavsumda “Real” klubidan olgandim. O'shanda “Roma”ga hurmatim sabab bu taklifga keskin rad javobini berganman. Maqsadim bitta jamoada faoliyatimni yakunlash bo'lgan edi. 

Bu bilan qaysidir manoda men o'shanda ko'plab sovrinlardan ham voz kechganman. Sovrinlar uchun hech qachon achinmayman. Birgina armonim bu “Oltin to'p” bo'lib qoldi. Agar “Real”, “Yuventus” yoki “Milan”da o'ynaganimda bu orzumga ham erishardim. 

Hozirgi narx-navoga ko'ra transfer summa qanchani tashkil qilishi mumkin edi? Aniq ayta olaman, kamida 200 mln evro”, - dedi Totti Football Italia nashriga bergan intervyusida.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: