Fozil Musaev: "Yaponiyaga qarshi bahs natijasi boshqacha bo'lishi mumkin edi"

Aslanov Jasurbek
18 yanv 2019
O'zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Fozil Musaev Yaponiyaga qarshi bo'lib o'tgan Osiyo Kubogi guruh bosqichining 3-tur o'yini (1:2) haqida fikr bildirdi.

"Yaponiyaga qarshi bahsda yaxshi harakat qildik. Ulardan yomon o'ynamadik deb o'ylayman. Biroq raqaibning javob goli uchrashuv taqdirini o'zgartirib yubordi. Agar birinchi bo'limda g'alaba qozonganimizda, bahs natijasi boshqacha bo'lishi mumkin edi.
Ikkinchi gol urilgan vaziyatda raqib futbolchisi ko'zimga tirsagi bilan zarba berdi. Yaponiyaliklar to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yuborishini kutgan edik, ammo bunday bo'lmadi.
Endi bor e'tiborni navbatdagi o'yinga qaratib, ushbu bahsga tayyorgarlik ko'ramiz" - deydi Fozil Musaev.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia