Fozil Musaev maydonga tushgan o'yinda "Jubilo Ivata" g'alaba qozondi

Aslanov Jasurbek
18 iyun 2017
Bugun Yaponiya J-ligasida navbatdagi tur uchrashuvlari o'tkazildi.

Fozil Musaev jamoasi "Jubilo Ivata" safarda "Urava Red Daymonds"ni 4:2 hisobida mag'lub etdi. Ushbu uchrashuvda hamyurtimiz Fozil Musaev ham ishtirok etib, maydonda 90 daqiqa harakat qildi. Qo'lga kiritilgan g'alabadan so'ng "Jubilo Ivata" ochkolari soni 22taga etdi va jamoa turnir jadvalida 10-o'rinda bormoqda.

Yaponiya chempionati turnir jadvali bilan tanishing.



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia