Fozil Musaev hozircha Toshkentda!

Narzulla Saydullayev
21 dek 2016
Yaqindagina O'zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Fozil Musaevning yapon jamoasi bilan shartnoma tuzgani haqida xabar qilgandik.

Fozil Musaev "Jubilo Ivata" bilan 2+1 ko'rinishida shartnoma tuzdi.

Biroq, ayni paytda futbolchi Toshkentda bo'lib turibdi. U "Bunyodkor" hamda "Olmaliq" jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik o'yinini tomosha qilish uchun "Bunyodkor" akademiyasi stadioniga tashrif buyurgan.

Eslatib o'tamiz, Yaponiyada mamlakat chempionati mart oyida start oladi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia