Foydali hamkorlik: "Barselona" kutilmagan homiylik shartnomasini imzoladi

Sherzod Nurmatov
24 okt 2025
Kataloniya klubi Amerika kompaniyasi Uber bilan hamkorlik shartnomasi imzolanganini e'lon qildi.

Xabarlarga ko'ra, shartnoma quyidagilarni ichiga oladi:

- "Barselona" dizayniga ega to'liq elektrlashtirilgan Uber avtomobillari shahar bo'ylab ishlaydi.

- "Kamp Nou" stadioniga boradigan muxlislar uchun kengaytirilgan transport imkoniyatlari.

- Stadion atrofida Uber'ning odam tushirish va chiqarish uchun mo'ljallangan maxsus hududlari.

Bundan tashqari, Uber shartnomaning har bir yili uchun "Barselona" klubiga 3 million evro to'laydi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: fcbarcelona.com