Qoida buzilganmi yoki yo'q? OAV vakillari uchun hakamlik bo'yicha seminar bo'lib o'tdi

Omonjon To`xtamirzayev
24 yanv 2023
Bugun, 24 yanvar kuni O'FAda OAV vakillari uchun seminar o'tkazildi.

O'zbekiston futbol hakamlari markazi futbol sohasida faoliyat yurituvchi barcha OAV  vakillari uchun o'yin qoidalaridagi so'nggi o'zgarishlar, yangilanishlarga bag'ishlangan seminar o'tkazdi. 

Unda OAV vakillari uchun test tashkil etildi hamda bahsli vaziyatlar tahlil qilindi. Hakamlar nazoratchilari Vladislav Seytlin hamda Valentin Kovalenko har bir vaziyatni tahlil qilib, OAV vakillariga batafsil tushuntirish berishdi. 

Yakunda o'yin qoidalaridagi so'nggi o'zgarishlar haqida ma'lumot berildi.


 


 



Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia