

"Menga chempionatning tashkiliy ishlari juda yoqdi, Qatarda edim. Eng zo'r o'yinchiga kelsak, men doim shuni aytganman - Messi birinchi, Messi ikkinchi, Messi uchinchi. Ammo menimcha, endi butun dunyo buni tushunib etdi", – dedi Terim.
Messi Argentina terma jamoasi safida jahon chempioniga aylandi. Qatarda bo'lib o'tgan JCH-2022 finalida argentinaliklar Fransiya terma jamoasini mag'lub etishdi (3:3, penaltilar bo'yicha – 4:2). Messi esa musobaqaning eng yaxshi futbolchisi sifatida tan olindi.



