Flik: “Minbardagi madaniyatsiz muxlislarga qarshi chora ko'rishimiz lozim”

1 mar 2020, 08:29
“Bavariya” bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Bundesliganing 24-turidan o'rin olgan “Xoffeynxam”ga (6:0) qarshi uchrashuvda muxlislar bilan yuzaga kelgan muammoli vaziyat haqida gapirdi.

Mazkur uchrashuvda myunxenlik muxlislar minbardan turib raqib jamoa prezidenti Ditmar Xopp shaniga haqoratli so'zlarni “yog'dirishdi” natijada bosh hakam ikki bor uchrashuvni to'xtatib turishiga to'g'ri keldi. Natijada bahsning qolgan qismini jamoalar shunchaki maydon markazida to'pni bir birlariga uzatib, yakunlashdi.

“Men bu holat uchun uzr so'rayman, “Bavariya” va “Xoffeynxaym” bunday holatga qarshi chora ko'rishi lozim. Bu juda yomon harakat. Bunday bo'lishi mumkin emas. Biz tribunadagi madaniyatsiz muxlislarga qarshi birlashishimiz lozim.

Men minbarga borishni istamadim, ammo bo'lib o'tgan voqealardan chuqur afsusdaman. Yigitlar butun uchrashuv davomida ko'rsatgan ajoyib o'yinlarini bu holat yo'qqa chiqardi. Bu meni g'azablantirdi”, deya Flikning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Ttvittyerdagi Bayern & Germany sahifasi.


Manba: Bayern & Germany