

Yangi bosh murabbiy Xansi Flik ham bu qarorni qo'llab-quvvatlaydi. Shu bilan birga, Diario Sport bir necha kun oldin nemisning Feliksga ishonch bildirmasligini xabar qilgandi.
Ammo, hatto Flikning roziligi ham bitimni kafolatlamaydi. Ayni damda "Atletiko"ning nima xohlayotgani va portugaliyalikning ijarasini uzaytirishga tayyor yoki tayyor emasligi noma'lum. "Barsa" shu bilan birga Feliksni aniq xarid qilmoqchi emas.



