Flik: "Anchelotti – haqiqiy jentelmen"

Administrator
14 may 2025
Xansi Flik Karlo Anchelottini maqtadi.

"Real" bosh murabbiyi mavsum oxirida o'z lavozimini tark etib, Braziliya terma jamoasini boshqarishga kirishadi.

"Anchelotti "Real"da ajoyib ishlar qildi va katta yutuqlarga erishdi. U chinakam jentlmen, dunyodagi eng yaxshi va eng muvaffaqiyatli murabbiylardan biri hisoblanadi.

Unga eng ezgu tilaklarimni bildiraman. U ajoyib jamoaga kelmoqda va Braziliya terma jamoasida ham o'z muvaffaqiyatlarini davom ettirishi shubhasiz" - deydi "Barselona" bosh murabbiyi.


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia