Fletcher - MYU texnik direktorligi uchun asosiy nomzod

Aslanov Jasurbek
14 may 2019, 14:28
"Manchester Yunayted" jamoasi sobiq yarim himoyachisi Darren Fletcher mamkunianlar texnik direktori bo'lishi mumkin.

35 yoshli shotlandiyalik jamoa bilan muzokara o'tkazdi va bu joy uchun yetakchi nomzod sifatida etirof etilayapti.

Oldin xabar berilganidek, MYU Rio Ferdinand va Pol Mitchel ("RB Leyptsig") nomzodlarini ham ko'rib chiqmoqda.

Fletcher Aleks Fergyuson va Devid Moyes qo'l ostida "qizil iblislar" safida 300 dan ortiq o'yin o'tkazgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports