Firdavs Asadov va Shukur Jumaboev "Buxoro" ko'rigida

Narzulla Saydullayev
6 yanv 2014
Mavsum boshida "Buxoro" asosan mahalliy va iqtidorli futbolchilarga e'tibor qaratishni maqsad qilganligidan xabaringiz bor.
Shu sababli jamoaning dastlabki bosqich yig'inlariga faqat mahaliy futbolchilar jalb qilindi.

Hozirgi kunga kelib shunday iqtidor egalari ko'plab yoshlar orasidan saralab olindi. Birinchi ligada qatnashadigan Buxoroning "Spartak" klubidan Firdavs Asadov viloyatning bosh jamoasi "Buxoro"ga jalb qilindi.

Xammaga ma'lum-ki, Firdavs Asadov 2013 yilgi birinchi liga musobaqalarining to'purarlaridan biri sanaladi. 17 yoshli bu hujumchi birinchi liga musobaqalarida avgust oyining "eng yaxshi futbolchisi" nomiga ham sazovor bulgan.

Bundan tashqari "Buxoro"da yana bir yangi futbolchi ko'rikidan o'tmoqda.

O'tgan mavsum "Guliston" jamoasida o'tkazgan Shukur Jumaboev bugungi kunga kelib "Buxoro" a'zosiga aylanishga yaqin turibti. Ushbu futbolchi farg'onalik bo'lib, yarim himoya chizig'ida harakat qiladi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfkbuxoro.uz