"Fiorentina" Prandellini bosh murabbiylikdan iste'foga chiqardi

Alisher
23 mar 2021
"Fiorentina" bosh murabbiyi Chezare Prandelli lavozimini tark etdi.

Bu haqda insayder Janluka Di Marcio xabar bermoqda. Jamoani Juzeppe Yakini qabul qilib oladi.

"Fiorentina" A Seriya doirasidagi so'nggi 11ta o'yindan atigi 3tasida g'alaba qozondi, 6 bor mag'lubiyat (jumladan "Napoli"dan bilan o'yin (0:6)).

Jamoa ayni damda 28 turdan so'ng 29 ochko jamg'argan holda jadvalda 14-o'rinda bormoqda.

Yakini bungacha 2019 yilning dekabridan 2020 yilning noyabrigacha ham "Fiorentina"ni boshqargan. Uni esa Prandelli almashtirgan edi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/DiMarzio