"Fiorentina" 300 mln evro evaziga 40 minglik stadion quradi

Narzulla Saydullayev
23 sen 2014
Florenciya meri Dario Nardella dushanba kuni "Fiorentina" klubi uchun yangi stadion qurilishi haqida ma'lumot berdi.
"Fialkalar" 40 ming tomoshabinga mo'ljallangan stadion qurishmoqchi. Ushbu stadionning taxminiy narxi 305,8 mln evroga baholanmoqda.

Nardella "Fiorentina"ning ushbu harakatini olqishladi, sababi bu shaharga ajoyib sport obektini keltirishidan tashqari bir necha yangi ish o'rinlarini ochilishiga xizmat qiladi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: soccer.ru