Finalda hakamlik qiladigan maktab o'qituvchisi haqida

Narzulla Saydullayev
13 iyul 2018
Argentinalik Nector Pitana va uning yordamchilari Ernan Maydana va Xuan Pablo Belatti Jahon chempionati final uchrashuvga tayinlandi.

Pitana 43 yoshda. Jismoniy tarbiya fani o'qituvchisi. Jahon chempionati uchrashuvlarida allaqachon to'rtta uchrashuvda ishladi. U ochilish uchrashuvi bo'lgan Rossiya – Saudiya Arabiston, shuningdek guruh bosqichida Meksika - Shvetsiya, 1/8 finalidagi Xorvatiya - Daniya, chorak finalda Urugvay - Fransiya uchrashuvlarni boshqardi.

Pitana xalqaro maydonda 2010 yildan berishi ishlab keladi. Norberto Koeressidan so'ng ikkita jahon chempionatida ishlagan ikkinchi argentinalik hakam bo'ldi. Shuningdek, Orasio Elisondodan keyin mundial finalini boshqaradigan ikkinchi argentinalik bo'ldi.

Pitana Lotin Amerikaning eng tajribali hakamlaridan biri. U professional tarzda futbol bilan shug'ullanmagan. Hakam sifatida o'smirlar o'rtasida Jahon chempionatida uchta uchrashuvni boshqargan. Shundan so'ng JCH-2014ga chaqirilgan. U erda ham to'rt uchrashuvda bosh hakam vazifasini bajargan. 2015 yilda o'zi uchun ilk bor Kopa Amerika bahslarida ham ishlashga erishadi. Shuningdek Argentina Superkubogi bahsda ham a'lo tarzda ishlaydi. 2016 yilda yana Braziliyaga qaytdi. Bu erda Olimpiada bahsda Germaniya - Nigeriya o'rtasidagi yarim final uchrashuvini boshqaradi. 2017  yilda Konfederatsiyalar kubogining Sochida bo'lib o'tgan Germaniya - Meksika o'rtasidagi yarim finalida ishladi.


Umaya Sayfizada tarjimasi



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia