Filippe Koutino “Barselona”ni tark etishga tayyor

Futbolchi yozgi transferlar vaqtida tushadigan takliflarni ko'rib chiqishga tayyor.

So'nggi ma'lumotlarga ko'ra, braziliyalik Filippe Koutino “Barselona”ni tark etishga tayyorligi ma'lum bo'ldi. Futbolchi jamoadan ketishni xohlamoqda. Filippe APLga qaytishi mumkin. Unga “Manchester Yunayted” jiddiy qiziqish bildirmoqda. Shuningdek, Koutino PSJda ham paydo bo'lishi mumkin. Futbolchining Parijga o'tishida Neymar asosiy ahamiyat kasb etishi mumkin.

La Liganing 2018/19 yilgi mavsumida Koutino 34 ta o'yin o'tkazib, 5 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Manba: Football24