

Lam klubda 22 yil o'ynadi va 20ta sovrin yutdi.
"Bavariya"ning muvaffaqiyatlariga qo'shgan ulkan hissasini etirof etish maqsadida klub rahbariyati Lamni Shon-shuhrati muzeyiga kiritdi. Shu tariqa, Filipp Lam Oliver Kan davridan beri klub Shon-shuhrati muzeyida o'z yulduziga ega bo'lgan birinchi futbolchiga aylandi. Umumiy olganda esa, Lam Franc Bekkenbauer, Gerd Myuller, Zepp Mayer, Karl-Xaync Rummenigge, Uli Xyoness, Lotar Matteus, Jovanni Elber, Mexmet Sholl va Oliver Kan kabi afsonalardan keyin muzeydan joy olgan o'ninchi futbolchiga aylandi.

"Filipp Lam - "Bavariya"ning yangi tarixidagi eng yaxshi futbolchilardan biri. U doimo "Bavariya" shanini yuqori darajada himoya qilib kelgani uchun ham Shon-shuhrati muzeyidan joy olishga haqli. "Bavariya" ajoyib faoliyati uchun Lamga minnatdorchilik bildiradi", - dedi Rummenigge.





