Felipe Luis: "Simeoneda yurak yo'q"

Tolibjon Qosimov
22 fev 2021
"Atletiko" sobiq himoyachisi Felipe Luis Diego Simeone qo'lostida o'ynagan paytlaridagi xotiralar bilan o'rtoqlashdi.

Luis bugungi kunda "Flamengo" sharafini himoya qilmoqda.

"Endi men do'st sifatida Simeonega xabar yuborishim va undan xabarnoma olishim mumkin. Lekin, qachon undan sms olsam, bu men uchun oddiy bo'lmaydi. So'zlarimga ishoning, Simeonening jamoasida o'ynash oson emas. Unda yurak yo'q. U senga hech qachon: "Eh, bechora o'yinchi, men uni yoki buni qilishim kerak", - deb aytmaydi. Yo'q. U faqatgina g'alaba qozonish uchun nima qaror qabul qilish kerakligini hal qiladi", - deya Luisning so'zlarini keltirdi "Daily Mail" nashri.


Braziliyalik 2010 yildan 2014 yilgacha Madrid klubi tarkibida to'p tepgan. 2015 yil bir mavsum "Chelsi"da o'ynaganidan keyin yana ortga qaytgan. Filipe "Atletiko" tarkibida 333ta o'yin o'tkazgan va 9ta gol urgan. Chap qanot himoyachisi "matraschilar" bilan 7ta sovrinni qo'lga kiritgan: Ispaniya chempionligi, Ispaniya kubogi, 2 bor Yevropa ligasi va 3 marta UEFA Superkubogi.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Daily Mail