Filip Rayevac: "Stadiondagi muhit ajoyib edi"

Narzulla Saydullayev
14 may 2017
"Navbahor" - "Qo'qon-1912" (1:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar vakili Filip Rayevac o'z fikrlarini bildirdi.

"Juda ajoyib o'yin bo'ldi. 20 mingdan ortiq muxlislar kelganini aytishdi. Stadiondagi muhit ajoyib edi. Bahsda 1:1 hisobi qayd etildi. So'nggi daqiqalarda penaltidan Murod Xolmuhammedov gol ura oldi.

Raqib safidagi serbiyalik Nemanya Yovanovich va Darko Stanoevich yaxshi o'ynashdi. Bugun "Navbahor"ni ajoyib o'yin bilan tabriklayman. Men esa juda xursandman", - deydi Rayevac.

Sherzod Hamdamov yozib oldi

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia