Figu: “Ronalduni zaxirada qoldirib, jahon chempioni bo'la olmaysiz. Barcha ayb ...”

Eldor Akmurzayev
12 dek 2022
Portugaliya TJ afsonasi Luish Figu mamlakat termasining JCH-2022 bilan chorak finalda xayrlashganiga munosabat bildirdi.

“Krishtianu Ronalduni zaxira o'rindig'ida qoldirib, jahon chempionaligini qo'lga kirita olmaysiz. Ronalduni zaxiraga o'tkazish xato edi. Bu mag'lubiyat (Marokash 0:1)da Fernandu Santush (bosh murabbiy) aybdor”, degan Figu.

Eslatib o'tamiz, 37 yoshli Ronaldu guruh bosqich o'yinlarining barchasini ilk daqiqalardan boshladi. Ammo 1/8 final doirasida Shveytsariya (6:1) va 1/4 final doirasida Marokash (0:1) bilan bahslarni zaxiradan boshlashiga to'g'ri keldi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Sport.es